YAKKABOGʻDARYO

YAKKABOGʻDARYO (Irgʻayli, Saritoʻqay, Qizildaryo) — Qashqadaryo havzasidagi sersuv daryolardan biri. Tanxozdaryoning chap irmogʻi. Uz. 99 km. Havzasining mayd. 1180 km2, shu jumladan, suv toʻplash mayd. 755 km2. Hisor tizmasining gʻarbiy yon bagʻridagi muzlikdan 3949 m balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida Irgʻayli, keyinroq Saritoʻqay, Qizildaryo nomlari bilan maʼlum. Yakkabogʻ qishlogʻidan oʻtgach, Yakkabogʻdaryo deb ataladi. Daryoning yuqori oqimida unga buloqlardan boshlangan koʻp sonli jilgʻalar quyiladi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Qarankoʻlsoy, chapdan — Tirna. Daryoning suvi bu qismida sugorishga sarflanadi. Asosan, qor va muzliklar suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi Tatar qishlogʻi yonida (boshlanishidan 50 km masofada) 6,11 m3/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 12,6 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda) 2,15 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Toʻlinsuv davri mart — avgust oyida. Eng koʻp sutkalik suv sarfi may — iyunda (koʻp suvli yilda 72,1 m3/sek., kam suvli yilda 17 m3/sek.) kuzatiladi. Daryoning eng kam suv sarfi dek. — mart oylarida boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: YAKKABOGʻDARYO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
SIRDARYO
AMUDARYO
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты