YAKKAXON QISQICHBAQALAR

YAKKAXON QISQICHBAQALAR, zohid qisqichbaqalar — oʻnoyoqlilar turkumiga mansub dengiz qisqichbaqasimonlari oilasi. Uz. 17 sm gacha. Qorin qismi yumshoq, qattiq xitin qoplagʻichsiz; qisqichlari va qorni koʻpincha asimmetrik tuzilgan. 450 ga yaqin turi bor, koʻpchilik dengizlarda uchraydi. Qorni asimmetrik. Yakkaxon qisqichbaqalar yumshoq qornini qorinoyoqli mollyuskalarning boʻsh qolgan chigʻanogʻiga, simmetrik qorinli Yakkaxon qisqichbaqalar esa qurakoyoqli mollyuskalarning konussimon chigʻanogʻi ichiga bekitadi. Yakkaxon qisqichbaqalar chigʻanoqni oʻzi bilan olib yuradi; xavf tugʻilganida butun tanasi bilan chigʻanoq ichiga kirib, yirikroq qisqichi bilan uning ogʻzini bekitib oladi (nomi shundan). Tanasi oʻsgan sari chigʻanogʻini boshqa katgarogʻi bilan almashtiradi. Yakkaxon qisqichbaqalarning aktiniyalar va marjon poliplar hamda dengiz halqalilari bilan simbioz yashashi koʻp uchraydi. Ular Yakkaxon qisqichbaqalarni dushmanlardan himoya qiladi yoki uning chigʻanogʻini tozalab berishi evaziga Yakkaxon qisqichbaqalar topgan oziqqa sherik boʻlishadi Yakkaxon qisqichbaqalar suv tubida loydagi organik qoldiqlar bilan ham oziqlanishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: YAKKAXON QISQICHBAQALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR
OKEAN
XITOY


Добавить комментарий