XANTI-MANSIYSK

XANTI-MANSIYSK (1940-y. gacha OstyakoVogulsk) — RF Tyumen viloyati XantiMansilar muxtor okrugidagi shahar (1950-y. dan), okrug markazi. Irtish daryosining oʻng sohilida. Dare porti. Aholisi 35,9 ming kishi (1998). 1931-y. da ishchilar shaharchasi — muxtor okrugining markazi sifatida vujudga kelgan. 1934-y. dan Omsk viloyati, 1944-y. dan Tyumen viloyati tarkibida. Shahar tarkibiga 16-a. dan maʼlum boʻlgan Samarovo qishlogʻi ham kiradi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — baliq sanoati. Shuningdek, oʻrmon sanoati ham mavjud. Asosiy korxonalari: baliq konservalash, yogʻochsozlik ktlari, taxta tilish zavodi, mebel fkasi. Yirik darrandachilik xoʻjaligi; Chekka Shimol q. x. ilmiy tadqiqot intining tajriba styasi bor. Oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi.


Lotin alifbosida maqola: XANTI-MANSIYSK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
QORAQALPOGʻISTON
MEBEL SANOATI
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты