XANCHJOU

XANCHJOU — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar, Chjeszyan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,1 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Sharqiy Xitoy dengizi sohilidagi, Fuchunszyan daryosi va Buyuk kanal boʻyidagi yirik port. Ipak sanoati markazi. Mashinasozlik, kimyo, rezina, oynashisha, sement, jut sanoati korxonalari mavjud. Choy qayta ishlanadi. Eksport uchun bambuk buyumlar va ipakchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. universitet bor. Iqlim kurorti. Shaharga 6-a. da asos solingan. 1129— 1279-y. larda Jan. Sun sulolasi poytaxti boʻlib, Linan deb atalgan. Moʻgʻullar istilosi vaqtida vayron qilinib, 1356-y. da qayta qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Sixu koʻlining shim. da, Gushan togʻi yon bagʻrida oʻrta asrlarda qurilgan bogʻmeʼmorlik ansambli, shuningdek, budda ibodatxonasi, pagodalar saqlangan. Turizm rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: XANCHJOU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YAPONIYA
BUYUK BRITANIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты