YAKOBI Boris Semyonovich

YAKOBI Boris Semyonovich (1801.21.9, Potsdam 1874.27.2, Peterburg) — rus fizigi va elektrotexnigi, Peterburg FA muxbir aʼzosi (1842), akad. (1847). Gyottingen untida oʻqigan. Derpt un-ti (Kyonigsberg) prof. (1835). 1837-yildan Peterburgda yashagan. Ilmiy ishlari elektromagnetizm va uning amaliyotda qoʻllanishiga doir. Elektr dvigatel ixtiro qilgan (1834), teskari elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishi hodisasini kashf etgan. Galvanoplastikani ixtiro qilgan (1938) va uni bosma, tangachaqa zarb qilish, badiiy buyumlarni tayyorlashda qoʻllash bilan shugʻullangan. Qator telegraf apparatlarni loyihaladi, birinchi boʻlib yer osti (kabelli) telegraf aloqasini oʻrnatdi, galvanometrning bir necha konstruksiyalarini, voltmetr, qarshilik rostlagichi, qarshilikning sim etaloni kabi elektrotexnika asbob va qurilmalarini yaratdi. U elektrotexnikaga oid bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.


Lotin alifbosida maqola: YAKOBI Boris Semyonovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
KIMYO
ROSSIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты