XANSHUY, Xanszyan, Szyuyxe — Xitoydagi daryo, Yanszi daryosi irmogʻi. Uz. 1532 km, havzasining mayd. 174 ming km2. Sinlin tizmasining jan. yon bagʻirlaridan boshlanib, Szinxan tekisligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 2000 m3/sek., yozda toshadi. Qirgʻoklarida toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi. Quyi oqimida kema qatnaydi.