YAKOBSON

YAKOBSON August [1904.20.8 (2.9), Pryanu yaqinidagi Ryaema qishlogʻi — 1963.23.5, Tallin] — Estoniya xalq yozuvchisi (1947), davlat arbobi. Tartu untida oʻqigan (1932—35), «Rangpar ot» (1928— 33), «Andruksonlar avlodi» (1931—34) romanlarida ilk ijodiga xos naturalistik boʻyoqlar koʻzga tashlanadi. «Barhayot estonlar» (1—4 j., 1937—40) romani hamda «Oxirgi bekat» (1934), «Oddiy askar Mattas» (1935) va boshqalar qissa va hikoyalar toʻplamlarida ijtimoiy nohakliklar ochib tashlangan. «Qon va oʻt kechib» (1942), «Bahodirlar yoʻli» (1944) va boshqalar hikoyalar toʻplamlarida 2-jahon urushi voqealari aks etgan. «Qalʼadagi hayot» (1946), «Yashirin kurash» (1946) pyesalari ijtimoiy-siyosiy mavzuda. «Ikki lager» (1948), «Chiyaboʻrilar» (1951) asarlarida jahon miqyosidagi keskin mafkuraviy kurash tasvirlangan. «Keksa dub» dramasi (1954), «Yuksalishga intilish», «Qaynoq kun» (1949) hikoya va qissalar toʻplamlari muallifi.


Lotin alifbosida maqola: YAKOBSON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ESTONIYA
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты