XARABALGʻAS

XARABALGʻAS, Qorabolgʻasun — Uygʻur xoqonligi poytaxti — Oʻrdubaliq sh. xarobasi (8—9-a. lar). 840-y. Yenisey qirgʻizlari tomonidan bosib olinib vayron qilingan. Urxun daryosining soʻl soxilida Erdenidzu monastiri (Moʻgʻuliston)dan 15 km shim. da joylashgan. Xarabalgʻasning markaziy qismi koʻtarma tuproq bilan oʻrab olinib, qalʼa va arkdan jan. gʻarbda boʻlgan. Istehkomlar va xom gʻishtdan qurilgan devorlarning sakdanib qolgan bal. 10 — 12 m, qoʻriqchi minora (donjon) qalʼa oʻrtasida joylashib, uning bal. 14 m ni tashkil etgan. Shahar qatʼiy reja asosida qurilgan. Xarabalgʻas hududida 8—9-a. larga oid uygʻur sopol idishlari topilgan. Qalʼadan jan. da ibodatxonalar majmui va unga sharq tomondan yondoshgan turar joy mavzesi anikdangan. Aftidan bu mavze uygʻur xoqoni bilan bogʻliq boʻlib, u yerdan topilgan granit stela (ustun) sirtida ajdarho tasviri va 9-a. dagi uygʻur xoqonlaridan birining shaʼniga atab uygʻur, xitoy va sugʻd tillarida bitilgan yozuvlar aks etgan.


Lotin alifbosida maqola: XARABALGʻAS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
TURK XOQONLIGI
QORABOLGʻASUN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты