YAKOBSON Roman Osipovich

YAKOBSON Roman Osipovich [1896. 11(23).10, Moskva 1982, AQSH] rus va amerika tilshunosi, adabiyotshunos. Moskva (Lazarev) Sharq tillari instituti (1914) va Moskva un-ti (1918)ni tugatgan. 1921-yildan xorijda. Garvard un-ti va Massachusets texnologiya instituti prof. Moskva, Praga, Nyu-York tilshunoslik toʻgaraklariga, ruschex tilshunosi N. S. Trubeskoy (1890—1938) bilan hamkorlikda strukturalizmga. (q. Strukturaviy tilshunoslik) asos solgan olimlardan. Asosiy ilmiy asarlari nazariy tilshunoslik, qadimiy slavyan tillari, eng avvalo rus tilini oʻrganishga, sheʼriyatga bagʻishlangan. Yakobson ilk slavyan sheʼriyati va eposini, slavyan mifologiyasi va marosimlarini, qadimiy rus adabiyoti asarlari, 19—20-asrlar rus yozuvchidari, shuningdek, Dante, Shekspir, M. Eminesku, B. Brext va boshqalar ijodkorlar tili va uslubini ham oʻrgangan.


Lotin alifbosida maqola: YAKOBSON Roman Osipovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
YAPONIYA
SHARQSHUNOSLIK
JAHON TILLARI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты