YAKOVLEV Aleksandr Sergeyevich

YAKOVLEV Aleksandr Sergeyevich (1906.19.3 Moskva 1989.22.8) rus aviakonstruktori, akad. (1976), muhandislik xizmati generalpolkovnigi (1946), 2-marta Mehnat Qahramoni (1940, 1957). Moskvadagi N. Ye. Jukovskiy nomidagi Harbiyhavo muhandislik akademiyasini tugatgan (1931). Harbiy zdda muhandis va shu zdda yengil aviatsiya konstruktorlik byurosini tashkil qilgan (1932), konstruktor (1935-yildan), Bosh konstruktor (1957-yildan). Aviamodelchilik, planyorchilik va sport aviatsiyasi asoschilaridan biri. Yakovlev harbiy, yoʻlovchi va oʻquvsport samolyotlarini loyihalash boʻyicha maktab yaratgan. Samolyot (YAK1, YAK9, YAK7 va boshqalar), vertolyotlar (mas, YAK24) yaratgan. Yakovlev rahbarligida 1945-yilda birinchi reaktiv qiruvchi samolyotlar YAK15, YAK 17 va YAK23 yaratildi. U yaratgan yoʻlovchilar reaktiv samolyotlari YAK40 va YAK42 mahalliy liniyalarda foydalanish uchun qulay. Uning sport samolyotlari YAK18 P, YAK18 PM va YAK 50 da jami 45 ta jahon rekordi oʻrnatilgan.


Lotin alifbosida maqola: YAKOVLEV Aleksandr Sergeyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
YAPONIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты