YAKSART

YAKSART — Sirdaryoning qadimda yunon, oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa manbalarida uchraydigan nomi. Pliniyning maʼlumotiga koʻra, daryoni baqtriyaliklar Laksat (Yaksart), skiflar Silis deb atashgan. Klavdiy Ptolemey (mil. 2-asr) ning «Geografiyadan qoʻllanma» asarida yozishicha, Yaksart daryosi sohillari yaqinida yaksartlar degan katta qabila yashagan.

Yaksartning pahlaviycha Yaxshart shakldagi nomini sharqshunos I. Markvart Yaxsha arta — haqiqiy, toza gavhar deb izohlaydi. Yaxshagavhar soʻzi daryoning xitoycha (Chinchuxe) va turkiycha (Yinchyuoʻgʻuz) nomlarida ham mavjud. Yaksartning xitoycha transkripsiyasi — Yaosha, Yausha yoxud Yosha. Islomiyat davridagi arab (Beruniyning «Masʼud qonuni») va fors (Hudud ulolam) manbalarida — Xashart shaklida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: YAKSART haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
TOSHKENT
BERUNIY
SIRDARYO
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты