YAKTAK

YAKTAK — yozgi, yengil kiyim; erkaklar koʻylagi. Oldi ochiq, uzun, yengli hamda tik yoqali. Yaktak toʻgʻri bichimli, kalta (uzunligi asosan tizzagacha) va yalang qavat boʻlishi bilan /yaoʻidan farq qiladi; asosan oq (boʻz) surp, shuningdek yoʻlyoʻl matolardan tikiladi. Yaktak orqaoldi yelkadan oshirib tashlangan yaxlit matodan tashkil topgan, uning ikki yoniga yonlar, yenglar tana qismiga toʻgʻri ulanib, yeng va yonlar orasiga qulpak solingan. Uzun, ensiz bir necha qavat tasmasimon boʻlakdan iborat boʻlgan hamda uzunasiga bir necha qator choklar solib qotirilgan yoqa yoqa oʻyigʻiga ulangan. Orqa tomoni tik, oldi koʻkrakkacha tekis tushib turadi. Yaktak bagʻrini birlashtirish uchun yoqaning pastki qismiga bogʻichlar tikiladi yoki izma qilib tugma qadaladi. Hozirda Toshkent, Fargʻona vodiysi va boshqalarda toʻgʻri bichimli Yaktak bilan birga yangi bichiqda tikiladiganlari ham keng tarqalgan. 12—13-asrlardan yozma manbalarda Yaktak haqida maʼlumotlar bor, 5—6-asrlarga oid devoriy rasmlar hamda miniatyuralarda Yaktak tasviri uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: YAKTAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOSHKENT
OʻZBEKLAR
YER
TOʻN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты