YAKUNLOVCHI HUJJAT

YAKUNLOVCHI HUJJAT, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashining Yakunlovchi hujjati — xalqaro shartnoma. 1975 yil 1 avg. da Xelsinki shahrida Yevropaning 33 davlati, AQSH va Kanada rahbarlari imzolagan. Yakunlovchi hujjatning toʻla hajmda va bir butun holda bajarilishi lozim boʻlgan asosiy qoidalari:

1) Yevropada xavfsizlikni taʼminlash;

2) iqtisodiyot, fan va texnika sohalarida hamkorlik, atrof muhitni muhofaza qilish;

3) gumanitar va boshqalar sohalarda hamkorlik qilish;

4) kengashdan keyin yanada olgʻa qadamlar qoʻyish. Yakunlovchi hujjatda oʻzaro munosabatlar va hamkorlik normalarini belgilovchi 10 tamoyil boʻlib, ular quyidagilar: s. uveren tenglik; suverenitetga xos huquqlarni himoya qilish; kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlataman deb doʻqpoʻpisa qilmaslik; chegaralar daxlsizligi; hududiy butunlik; janjallarni tinch yoʻl bilan hal qilish; ichki ishlarga aralashmaslik; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmatlash; xalqlar teng huquqligi va ularning oʻz taqdirini oʻzi xohlagancha hal qilish huquqi; davlatlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish; xalqaro huquqiy majburiyatlarni bajarish. Yakunlovchi hujjat — Yevropani mustahkam tinchlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari oʻrnatilgan qitʼaga aylantirishning muhim omiliga aylandi. 1992-yil martgacha 51 davlat Ya. h. ga imzo chekkan. Yana q. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti.


Lotin alifbosida maqola: YAKUNLOVCHI HUJJAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
YER
XITOY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты