XARAPPA

XARAPPA — Xarappa madaniyati bosh markazlaridan birining xarobasi. Pokistonning Moʻlton viloyatidagi Ravi daryosining eski oʻzani yaqinida joylashgan. 19-a. ning 50-y. larida ingliz olimi A. Kanningxem tomonidan ochilgan. Keyinchalik ingliz va xind arxeologlari J. Marshall, E. Makkey, M. Uiler, D. Saxni, R. Banerjilar tadqiq qilganlar. Qishloq 260 ga dan ziyod maydonni egallab, qalʼa va quyi shahar qismidan iborat boʻlgan. Shahar qismi aniq reja asosida qurilgan, u kvartallarga boʻlingan, i. ch., xoʻjalik majmualari (gʻalla ombori, tegirmonlar, quyish ustaxonalari) mavjud boʻlgan. Xarappadan topilgan boshqa moddiy madaniyat yodgorliklari Xarappa madaniyatining barcha qishloklari uchun ham xosdir.


Lotin alifbosida maqola: XARAPPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
HINDISTON
XITOY
TOSHKENT VILOYATI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты