XARARE

XARARE (1982-y. gacha Solsberi) — Zimbabve poytaxti. Matabele platosida 1400 m balandlikda joylashgan. Ikdimi subtropik, yanv. ning oʻrtacha trasi 21°, iyulniki 16°, yillik yogin 800 mm dan ziyod. Aholisi 1,4 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari), asosan, afrikaliklar, qisman yevropaliklar. T. y. orqali Hind okeani sohilidagi Maputu va Beyra portlari bilan bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.

X. — mamlakatning muhim savdosanoat va moliya markazi. Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat (tamaki, shakarqand, yogʻmoy, un tortish, pivo va b.) sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqariladi. Tamaki mahsulotlarining yirik bozori. Shahar oltin va xrom qazib olinadigan rn markazi. universitet, ilmiy muassasalar, yirik oʻquv markazi, Milliy sanʼat galereyasi, muzeylar, kutubxona, Milliy bogʻ bor. Shaharga 1890-y. da asos solingan.


Lotin alifbosida maqola: XARARE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
MOZAMBIK
ZIMBABVE
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты