YALANISH KASALLIGI

YALANISH KASALLIGI — hayvonlarda moddalar almashinuvi buzilishi natijasida paydo boʻladigan kasallik. Asosan, qoramollarda uchraydi. Bundan tashqari, qoʻylarda jun yeyish, parrandalarda pat choʻqish shakllari uchraydi, Yalanish kasalligi organizmda mineral moddalar, jumladan, natriyning ishqoriy tuzlari, kobalt, yod, marganes, rux kabi mikroelementlar, vitaminlar, aminokislotalar yetishmasligi tufayli kelib chiqadi. Kasallik boshlanishida hayvon devor va oxurlarni yalaydi, toʻshamadagi chirigan somon, suyak, tosh, latta, qogʻoz va junlarni yeydi. Kasal hayvon ozadi, terisi quriydi, anemiya, ich qotish, ich ketish kuchayadi, mahsuldorligi kamayadi. Kasallik avj olganda hayvon butunlay ozib ketadi, hatto oʻlishi mumkin. Shuningdek, raxit, osteodistrofiya, quturish, jigar yalligʻlanishida ham Yalanish kasalligi belgilari kuzatiladi. Tashxis kasallikning klinik belgilari, ozuqa ratsioni tahlili va tabiiyxoʻjalik sharoitlariga qarab qoʻlladi.

Davolash: ozuqa ratsioniga yetishmagan mineral moddalar, vitaminlar va aminokislotalar qoʻshiladi.

Oldini olish: ozuqa ratsioni yaxshilanadi va mol boqish sharoiti oʻzgartiriladi.


Lotin alifbosida maqola: YALANISH KASALLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VITAMINLAR
MINERAL OZIQLANISH
OVQATLANISH
TIBBIYOT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты