XARBIN

XARBIN — Xitoyning shim. sharqiy qismidagi shahar. Xeylunszyan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 9,2 mln. kishi (1998). Sungari daryosining oʻng sohilida. Yirik t. y. chorrahasi, daryo porti. Aeroport bor. Mamlakatning muhim sanoat, ilmiy va madaniy markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik, xususan, elektrotexnika, elektroenergetika, transport, stanoksozlik, priborsozlik va b. Yogʻochsozlik, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Xarbinda 15 dan ortiq oliy oʻquv yurti, muzey va teatrlar bor. Shaharga 1898-y. da Xitoy Sharqiy t. y. ning qurilishi bilan asos solingan.


Lotin alifbosida maqola: XARBIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты