YALLA

YALLA — oʻzbek xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro etiladigan qoʻshiq turi. Xalq soʻzi, mumtoz va zamonaviy shoirlar sheʼrlariga aytiladi Yalla yakka, koʻpincha 2 va undan ortiq ijrochi tomonidan (doira va cholgʻu ansambli joʻrligida) ijro etiladi. Aksariyat Yallalar ishqmuhabbat mavzuida boʻlib, jozibali, oʻynoqi xarakterga ega. Yalla 2 turga boʻlinadi:

1) qoʻshiqjanriga yaqin, kuyi nisbatan tor diapazonli, asosiy misralar yakkaxon yallachi, naqarot esa guruh tomonidan doira joʻrligida aytiladi (mas, «Olmacha anor», «Yallama yorim», «Hoho, yalla», «Qizgina»);

2) kuy diapazonining kengligi va tuzilishi (ayrimlarida baland pardali avj mavjudligi) jihatidan ashula janriga yaqin. Xalq orasida «Yaliyali», «Qalam qoshligim», «Jonon boʻlaman deb», «Ayrilmasun», «Figʻondur» kabi mumtoz Yallalar keng tarqalgan. Namanganda Yalla turkumlari mavjud: yallachiayollar tomonidan doira joʻrligida «Katta yalla» va «Kichik yalla» (kuyi va usuli murakkab, ijrosi mukammal) namunalari toʻy marosimlari va bazmlarda ijro etiladi. Ashula va Yalla namunalaridan («Yor istab», «Mustahzod») yoki katta ashula va Yalladan iborat («Topmadim», «Soʻrmaysan») turkumlar ham mavjud. Hoz. kunda Yallalar estrada yoʻnalishida ham ijro etiladi.

Rustam Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: YALLA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
SHASHMAQOM
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты