XARDIVAYNBERG QONUNI

XARDIVAYNBERG QONUNI — bir gen allellari boʻyicha farq qiluvchi, oʻzaro erkin chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining taqsimlanishini tasvirlovchi qonun. 1908-y. da birbirlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V. Vaynberglar kashf etishgan. X. — V. q. ga binoan, mutatsiya, tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro uchrash tezligi avloddanavlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi otaonalarinikiga oʻxshash boʻlar ekan, u hodda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz qoladi. Aallelini «r», aallelini esa «q» harfi bilan belgilansa, u holda p+q=l boʻlishi, bu formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi; AA, Aa, aa genotiplarning uchrash tezligini esa p2+2pq+q2 formula yordamida aniklash mumkin. X. — V. q. populyatsiyalar genetikasi uchun muhim ahamiyatga ega. Qonun populyatsiyalarda kam uchrovchi allellarning aksariyat hollarda geterozigota organizmlarda saqlanib qolishini koʻrsatib beradi. X. — V. q. tabiiy sharoitda amal qilishi juda qiyin, chunki populyatsiyalarga genetik muvozanatni buzuvchi tashki va ichki omillar doimo taʼsir etib turadi. Shu sababli X. — V. q. ni keyingi populyatsiongenetik modellar yaratishning boshlangich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: XARDIVAYNBERG QONUNI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GENLARNING UZARO TAʼSIRI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
GENETIKA
YER
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты