XARID QOBILIYATI

XARID QOBILIYATI — 1) mamla kat pul birligining muayyan mikdordagi tovar va xizmatlarga ayirboshlanish qobiliyati, pul birligiga sotib olinishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar mikdori. Pulning Xarid qobiliyati, birinchi navbatda, tovarlar narxi va xizmatlar uchun belgilangan tariflarga, shuningdek, inflyatsiyagd. bogʻliq. Mas, narxlar 2-marta oshganda pulning Xarid qobiliyati 2-marta pasayadi.

Pulning Xarid qobiliyati pariteti ikki (yoki bir necha) valyuta oʻrtasida muayyan tovarlar va xizmatlar toʻplamini xarid etish quvvatlari nisbatini, boshqa mamlakatlarning pul birliklarida ifodalangan bir mamlakat pul birligining xarid quvvati nimaga teng ekanligini koʻrsatadi. Mac, bir xil tovarlar toʻplami AQSHda 1000 dollar, Germaniyada 2000 yevro tursa Xarid qobiliyati pariteti 1 dollar=2 yevro yoki 1 yevro = =0,5 dollar boʻladi;

2) firma, xonadon va davlatning oʻz qoʻlida boʻlgan pul mablagʻlariga moye holda mamlakatda shakllangan tovarlar narxi va xizmatlar tariflari darajasida sotib olishga qodir boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Aholining Xarid qobiliyati daromadlar darajasiga va bu daromadda xarid uchun ajratilishi mumkin boʻlgan qism miqsoriga bogʻliq. Tovarlar narxi va xizmatlar tariflari qiymatlari ham muhim rol oʻynaydi (yana q. Aholi xarajatlari).


Lotin alifbosida maqola: XARID QOBILIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
HINDISTON
YAPONIYA
GERMANIYA
VALYUTA KURSI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты