YALMONQULOQ

YALMONQULOQ, kungaboqar sutlama — sutlamadoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Ildizi shoxlanadigan oʻq ildiz. Poyasi tik, yakka oʻsadi, boʻyi 8 — 30 sm. Barglari belkuraksimon, ketmaket gʻuj boʻlib joylashgan. Gullari mayda, bir jinsli, soyabonsimon toʻpgulga yigʻilgan. Iyulavg. gacha gullab mevalaydi. Mevasi — koʻsakcha. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 600 dan koʻproq urugʻ beradi. Nihollari apr. —mayda oʻsib chiqadi.

Oʻsimlikning tanabarglarida oq sutlama shira boʻlib tarkibida zaharli modda (euforbin) bor. Paxta dalalari, bedapoyalar, gʻalla ekinlari orasida uchraydi. Yoʻl yoqalari, sugʻorish shahobchalari boʻylari, tashlandiq yerlarda, bogʻlarda oʻsadi.

Kurash choralari: urugʻlikni tozalash, oʻtoq qilish, angʻizni chuqur yumshatish.


Lotin alifbosida maqola: YALMONQULOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BEGONA OʻTLAR
Shaxriyor - Tashlandiq
TOSHKENT
ILDIZ
PAXTA TOZALASH SANOATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты