YALMOGʻIZ

YALMOGʻIZ — xalq ogʻzaki poetik ijodida keng tarqalgan mifologik obraz. Kelib chiqishi jihatidan ayollar saltanati (matriarxat) bilan bogʻliq mifologik tasavvurlarga borib taqaladi. Yalmogʻiz gʻayritabiiy magik kuchga ega boʻlgan, oʻta xunuk qari kampir sifatida tasvirlanadi. U ertak va dostonlarda epik qahramon sarguzashtlariga toʻsqinlik qiluvchi asosiy yovuz kuchlardan biri sanaladi. Yalmogʻiz hammavaqt qahramonni oʻldirmoqchi boʻladi. Ammo har gal yo oʻzi nobud boʻladi, yoki qahramonga boʻysunib, uning qiyin ishlariga koʻmaklashadi. Yalmogʻiz oʻz faoliyatida sehrjodudan, tilsimli buyumlardan foydalanadi. Jodugar, shum kampir, maston kabilar Yalmogʻizning xalq orasidagi variantlari hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: YALMOGʻIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
Nasiba Abdullaeva - Bari gal
YER
ERTAK
GOʻROʻGʻLI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты