YALOU Rozalin Sasmen

YALOU Rozalin Sasmen (1921.19.7, Nyu-York) — amerikalik fizik va shifokor (medik). Xanter kollejini tugatgan (1941), shu kollejda fizikadan adyunktprof. (1946—50). Bronks gospitali radioizotop xizmati boshligʻi yordamchisi (1950—70), 1970-yildan yadro tibbiyoti boʻlimi rahbari. NyuYorkdagi Lenoks Xill gospitali ilmiy maslahatchisi (1956—62). Yeshiv un-ti Albert Eynshteyn tibbiyot kollejida prof. (1979—86), ayni vaqtda tibbiyot markazi va Montefior gospitali klinik fanlar boʻlimi rahbari. 1986-yildan tibbiyot maktabida prof. Ilmiy ishlari qonda va endokrin bezlari toʻqimasida insulin, paratireoid gormon, gastrin va kortikotropinni radioimmunologik aniqlashga oid. Nobel mukofoti laureati (1977; hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: YALOU Rozalin Sasmen haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TIBBIYOT
SUD TIBBIYOTI
FIZIKA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты