YALPI ICHKI MAHSULOT

YALPI ICHKI MAHSULOT (YAIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 2003-yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrd. soʻmlik YAIM ishlab chiqarildi. Bu 2002-yilga nisbatan 4,4 % ga koʻp demakdir. Yaratilgan uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish (uning 15% sanoatda, 28,8% q. x. da, 4,5% qurilishda) va 38,1% xizmatlar koʻrsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda) ga, 13,4% mahsulot va eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga toʻgʻri keldi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida hatto yalpi milliy daromad (YAMD) ham qabul qilinishi mumkin. Mas, AQSH va Yaponiyada YAIM emas, balki YAMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YAIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.

Nurislom Toʻxliyev.


Lotin alifbosida maqola: YALPI ICHKI MAHSULOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
MILLIY HISOBLAR TIZIMI
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий