YALPI MILLIY MAHSULOT

YALPI MILLIY MAHSULOT (DAROMAD) — (YAMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. hisoblanadi.

Hoz. zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar oʻrtasida kapital harakatchanligi darajasi gʻoyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning baʼzi aktivlari (korxonalar, koʻchmas mulklar, qimmatli qogʻozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar) ning egaligida boʻladi. Norezidentlar oʻz mulklaridan olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga oʻtkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot miqsori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YAMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi oʻz fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari oʻrtasidagi farqni qoʻshish kerak. Chet eddagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy boʻlsa YAMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan koʻp, aksincha holatda kam boʻladi (q. Milliy daromad, Yalpi ichki mahsulot).


Lotin alifbosida maqola: YALPI MILLIY MAHSULOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
YER
XITOY
FOND BOZORI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты