YALPI SIRT

YALPI SIRT — RF Yevropa qismining jan. sharqidagi platosimon qirlar. Volga va Ural daryolarining suvayirgʻichi. Sharqiy qismi tor, oʻydimchuqur. Kenglik yoʻnalishida 500 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 405 m. Gʻarbi Volga daryosi tomon pasayib boradi. Sharqda Janubiy Ural togʻlariga yondosh, jan. da Kaspiyboʻyi pasttekisligidan pogʻonasimon koʻtarilgan. Markaziy qismida uncha baland boʻlmagan qoldiq tepalari (shixanlar)dan iborat boʻlib, bal. 50—100 m. Ya. S. paleozoy va mezozoy qumtoshlari, gil, ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ohaktoshlarda karst relyef shakllari hosil boʻlgan. Yalpi Sirtdan Samara, Katta Irgiz va Ural daryolarining baʼzi irmoqlari boshlanadi. Dasht oʻsimliklari oʻsadi.


Lotin alifbosida maqola: YALPI SIRT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YEVROPA
ROSSIYA
XITOY
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты