YALPI HOSIL

YALPI HOSIL, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yalpi hosili — alohida xoʻjalik yoki bironbir hududiy birlik chegaralaridagi barcha ekin maydonlarida yetishtirilgan (yigʻib olingan) mahsulot hajmi. 1954-yildan boshlab hisobgaolinadi. Oʻzbekiston statistika organlari Yalpi hosil hajmini umuman barcha toifadagi xoʻjaliklar boʻyicha tuman, viloyat, respublika miqyosida alohidaalohida hisobga oladi. Q. x. statistikasida Yalpi hosilning taxminiy va oxirgi hajmini aniqlash qabul qilingan. Taxm. hajm aprobatsiya usulida 1-sentyabrga boʻlgan holat boʻyicha, oxirgisi — yil oxirida belgilanadi. Yalpi hosilning taxminiy hajmini belgilashda barcha xoʻjaliklardan olingan hisobot maʼlumotlari asos boʻladi. Yalpi hosilning oxirgi hajmi taxm. koʻrsatkichlarni xoʻjaliklarning noyab. va dek. dagi yillik hisobotlari asosida qayta aniqlash yoʻli bilan belgilanadi (yana. q. Hosildorlik). Ekinlarning Yalpi hosilni oshirishning omillari — hosildor, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar yaratishdan, intensiv texnologiya, kompleks mexanizatsiyalash va kimyolashtirish asosida yangi agrotexnika usullarini qoʻllashdan iborat.


Lotin alifbosida maqola: YALPI HOSIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
TOSHKENT VILOYATI
FRANSIYA
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты