XARITA-DIAGRAMMA

XARITA-DIAGRAMMA (xarita va diagramma) — biror hodisaning jamlangan mutlaq raqamli qiymatini xaritada koʻrsatilgan maʼmuriyhududiy birlik boʻyicha taqsimlanishini diagrammalar yordamida tasvirlash usuli. Xarita-diagrammadan koʻrgazmali taqqoslash uchun foydalaniladi (mas, viloyat yoki tuman lar boʻyicha q. x. ekinlari maydoni, yalpi hosili va b.). Ular alohida tasvirlash usuli sifatida, ayniqsa, ijtimoiyiqtisodiy mavzuli xaritalarni (mas, aholi va mehnat resurslari, sanoat, q. x. va oʻrmon xoʻjaligi, ijtimoiy infrastruktura va h. k.) yaratishda keng qoʻllaniladi. Diagrammalar uzunligi, maydoni va hajmi tasvirlanayotgan miqsorlarga proporsional boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: XARITA-DIAGRAMMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
QORAQALPOGʻISTON
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты