XARIUSLAR

XARIUSLAR (Thymallidae) losossimon baliqlar turkumining oilasi. Uz. 25—30 sm, vazni 500 g, baʼzan undan ortiqroq. Tanasi qalin tangachalar bilan qoplangan. Orqa suzgichi uzun, koʻpincha chiroyli rangli. Yon chiziqlari, jagʻlari rivojlangan. Yevropa, Shim. Osiyo va Shim. Amerika daryolarida yashaydi. 1 urugʻi 6 turi maʼlum. Oʻrta Osiyo daryolarida uchramaydi. Odatda, tubi shagal toshli daryolarda tarqalgan. Hasharotlar va ular lichinkasi, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, mayda balikdar bilan oziklanadi. 3 — 4 y. da voyaga yetadi. May — iyunda shagʻal toshli suv tubiga 3—36 ming uvildiriq tashlaydi. X. mahalliy aholi tomonidan va sport maqsadida ovlanadi.


Lotin alifbosida maqola: XARIUSLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BALIQLAR
OKEAN
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты