XARRATOV

XARRATOV Matyoqub Qurbon xarrot (duradgor) ugli (1867, Xiva — 1939, Urganch) — xalq sozandasi (tanbur, dutor, gʻijjak), maqomchi, xattot. Xudoybergan muhrkan, Niyozjon Xoʻja va Komil Xorazmiylarning shogirdi va izdoshi. Komil Xorazmiy ixtiro etgan «Tanbur chizigʻi»ni takomillashtirishda va uning vositasida Xorazm maqomlarini notaga olishda ijrochi, tadqiqotchi va xattot sifatida Muhammad Rasul Mirzaboshi bilan hamkorlik qilgan (188691). Muhammad Rahim II saroyida sozanda va maqomchilar ustozi (18881906). Xiva musiqa maktabida oʻqituvchi (1923 — 28), Sozchilar uyushmasi ansambli (1928—32) va Urganch teatri (1932 — 39)da sozanda. Xarratovdan Sanʼatshunoslik inti xodimlari Ye. Romanovskaya, Il. Akbarovlar 1934-y. tanbur ijrosida Xorazm maqomlarining cholgʻu yoʻllarini yozib olgan («Xorazm klassik musiqasi», T., 1939). Gʻijjak uchun «Xarrotiy» nomli kuy yaratgan.

Ad.: Olimboyeva K., Ahmedov M ., Oʻzbekiston xalq sozandalari, T., 1959.


Lotin alifbosida maqola: XARRATOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XORAZM VILOYATI
MUSIQA
RAJABIYLAR
XUDOYBERGAN MUHRKAN
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты