YALQOVLAR

YALQOVLAR — chala tishlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Gavdasining uz. 50—65 sm, ogʻirligi 4—7 kg. Boshi 270° gacha burilishi mumkin. Oldingi oyoqlari orqa oyoqlaridan uzun. Barmoqlari 2 yoki 3 ta, oʻzaro yopishgan, tirnoqlari uzun va egilgan. Tanasining yunglari qorin tomondan orqasiga qayrilgan. Tana harorati tashqi muhit haroratiga qarab 24° dan 35° ga oʻzgarib turadi. 2 uruqqa mansub 5 turi Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Yalqovlar daraxtda yashaydigan kam harakat hayvonlar. Odatda, daraxt shoxlarida orqasi pastga qarab osilib turadi. Oʻsimlikxoʻr. Yilda 1 bola tugʻadi. Goʻshti, terisi va bezak sifatida ishlatiladigan tirnoqlari uchun ovlanadi. Soni kamayib ketmoqda. Boʻyinbogʻli yalqov Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: YALQOVLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TABIATNI MUHOFAZA QILISH
YER
Abdulhay Karimov - To’y bola
SUT EMIZUVCHILAR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты