XARSANGTOSH

XARSANGTOSH — koʻpincha ohaktosh, dolomit, qumtosh, baʼzan fanit kabi togʻ jinslarining ajratib olinadigan notoʻgʻri shaklli (koʻndalangiga 15 — 50 sm) boʻlaklari. X. tayyorlash uchun qisilishga mustahkamlik chegarasi 100 Mn/m2 (1000 kgs/sm2)gacha boʻlgan togʻ jinslaridan foydalaniladi. Xarsangtoshlar poydevorlar ostiga solishga, ehromlar, yordamchi devorlar, kanalizatsiya, kanallar, gidrotexnik inshootlar va b. qurishda ishlatiladi. Ilgarigi vaqtlarda tegirmon toshlari sifatida keng foydalanilgan. X. oʻtmishda koʻpincha ochiq usulda, kam hollarda yer ostidan ajratib olingan. Qadimda X. keng koʻlamda Xitoy, Misr, Mesopotamiya, Yunoniston, Rimda, oʻrta asrlarda hoz. Oʻrta Osiyo hududida oddiy usudda qazib olingan. 18-a. dan X. olishda burgʻilab portlatish usulidan foydalanila boshladi.


Lotin alifbosida maqola: XARSANGTOSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
MISR
KANALIZATSIYA
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты