YAMAYKA

YAMAYKA — Vest-Indiyadagi davlat. Yamayka o. va unga yondosh bir necha mayda orollarda joylashgan. Mayd. 11,5 ming km2. Aholisi 2,68 mln. kishi (2002). Poytaxti — Kingston shahri Maʼmuriy jihatdan 3 graflikka boʻlingan.

Davlat tuzumi. Yamayka — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi, uning nomidan davlatni generalgubernator boshqaradi. Qirolicha generalgubernatorni mamlakat bosh vaziri tavsiyasi bilan tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (senat va vakillar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Yamaykaning katta qismini ohaktoshli plato (bal. 500—1000 m) egallagan; sharqiy qismida BluMuantin togʻlari bor. Janubiy va gʻarbiy sohillari kambar allyuvial pasttekislik. Janubiy sohillarda qulay gavanlar bor. Qaynoq radioaktiv va termal oltingugurtli buloqlar mavjud. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi (1692 va 1907-yillarda fojiali boʻlgan). Boksit, temir va marganes ruda konlari bor. Iqlimi tropik passatli iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 24—25°, iyulniki 26—27°. Yillik yogʻin jan. da 800 mm, togʻlarda 5000 mm gacha. Kuchli boʻronlar boʻlib turadi. Tuproqlari togʻ jigarrangqizil va qizilqoʻngʻir tuproqlar. Eng yirik daryosi — BlekRiver. Mamlakat markazidagi plato va sharqdagi togʻ yon bagʻirlari doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Orolning gʻarbiy va jan. qismidagi tekisliklarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Hayvonot dunyosi nisbatan kambagʻal. Mayda kemiruvchi hayvonlar, qushlar, koʻrshapalaklar uchraydi. XeltshirXils rezervati, 2 dengiz parki bor.

Aholisining asosiy qismi (80%) yamaykaliklar (aksariyati negr va mulatlar); hind, xitoy, inglizlar ham yashaydi. Rasmiy til — ingliz tili. Shahar aholisi 50,2%. Dindorlarning aksariyati — protestantlar. Yirik shaharlari: Kingston, SpanishTaun.

Tarixi. Yamaykada qadimdan indeyslarning aravak til oilasiga mansub qabilalari yashab kelgan. Orolga yevropaliklardan dastlab 1494 yil X. Kolumb ekspeditsiyasi borib tushgan va uni SantYago deb atagan. Keyinchalik indeyscha «Xaymaka» («buloqlar oroli», «Yamayka») deb nomlangan. 1508-yildan ispanlar Ya. ni oʻz mustamlakasiga aylantirib mahalliy aholi (aravaklar)ni butunlay qirib tashladi. 1513-yildan shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan qullar olib borildi. 1655-yil Yamaykani inglizlar bosib oldi (1670-yil rasmiy ravishda Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirildi). Inglizlar Yamaykani qul savdosining yirik markazlaridan biriga aylantirdilar. 1823—24 va 1831—32 yillardagi qullarning ommaviy harakati natijasida 1833-yil quldorlik bekor qilindi (1838-yil toʻliq bekor qilindi). 1958-yildan Ya. Buyuk Britaniya tomonidan tashkil etilgan VestIndiya Federatsiyasi tarkibida boʻdsi. 1959-yil Yamayka ichki oʻzinioʻzi boshkarish huquqini qoʻlga kiritdi. 1961-yil federatsiya tarkibidan chiqsi. Yamayka 1962-yil 6 avg. da mustaqillikka erishdi. 1962-yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992-yil 6 yanv. da tan olgan. Milliy bayrami — avg. ning birinchi dushanbasi — Mustaqillik kuni (1962).

Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Ya. leyboristlar partiyasi, 1943-yil tuzilgan; Xalq milliy partiyasi, 1938-yil asos solingan. Yamayka kasaba uyushmalari kongressi; Ya. milliy ishchilar ittifoqi, 1972-yil tashkil etilgan; Bustamante sanoat ishchilari kasaba uyushmalari, 1938-yil tuzilgan.

Xoʻjaligi. Yamayka — agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda kon sanoati 7,2%, qayta ishlash sanoati 17,7%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 9,4% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotining asosi eksport uchun boksit qazib olish va giltuproq ishlab chiqarish.

Sanoatida boksit qazib olish va gultuproq ishlab chiqarish milliy kompaniyalar tomonidan AQSH va Kanada sarmoyasi ishtirokida amalga oshiriladi. Qandshakar, rom, tamaki, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlangan; xorijdan keltiriladigan neftni qayta ishlash, sement ishlab chiqarish, kimyo, farmatsevtika korxonalari bor, elektron apparatlar yigʻadigan zd ishlaydi. Yiliga oʻrtacha 3,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligida eksport uchun shakarqamish, banan, sitrus mevalar, kofe, kakao, qalampir, tamaki yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun batat, maniok, sholi, makkajoʻxori ekiladi. Chorvachilik sust rivojlangan. Asosan, qoramol, choʻchqa, echki boqiladi, baliq ovlanadi.

Avtomobil yoʻllari uz. 18,6 ming km, t. y. lar uzunligi 200 km. Asosiy dengiz porti va xalqaro aeroporti — Kingston.

Yamayka chetga boksit, giltuproq, banan, qandshakar, rom, tamaki, sitrus mevalar chiqaradi. Chetdan yoqilgʻi, xom ashyo, sanoat jihozlari, transport vositalari, oziq-ovqat va isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Yamayka dollari.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Vrachlar Kingston yaqinidagi VestIndiya un-tining tibbiyot ftida tayyorlanadi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktablarda 7 yil Xususiy oʻquv yurtlari ham bor. Oʻqish ingliz tilida. Hunartexnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida olib boriladi. Kingston shahri yaqinida VestIndiya unti (1948-yil tashkil etilgan), Kingstonda gumanitar va tabiiy fanlar hamda texnologiya kolleji, SpanishTaunda q. x. maktabi bor. Ilmiy muassasalari: Ya. ni oʻrganish instituti (1879), ilmiy tekshirish lar kengashi (1960), rejalash boshqarmasi, tibbiyot assotsiatsiyasi, tibbiy tadqiqotlar lab. (hammasi Kingstonda), Karib ovqatlanish instituti (1967, Mona qishlogʻida) va boshqalar Kingstonda Yamayka kutubxona xizmati (1948), maktab kutubxonalari xizmati, Mona qishlogʻida un-t kutubxonasi (1948) va kollej kutubxonasi bor. Kingstonda tarix, tibbiyot tarixi, badiiy muzeylar, SpanishTaunda xalq muzeyi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yamaykada bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiylari: «Deyli gliner» («Kundalik xabarchi», kundalik gaz., 1834-yildan), «Deyli star» («Kunduzgi yulduz», kundalik kechki gaz., 1951-yildan), «Karibian chellendj» («Karib chaqirigʻi», oylik jur., 1957-yildan), «Sandi gliner» («Yakshanba xabarchisi», «Deyli gliner» gaz. ilovasi). «Djampress» hukumat axborot agentligi 1984-yil tashkil etilgan. «Televiji Djamayka limited» radiotelevideniye xizmati, 1959-yil tuzilgan. Yamayka radiosi tijorat xizmati boʻlib, 1947-yil asos solingan. Yana bir qancha tijorat radiostya mavjud.

Adabiyoti ingliz va kreol tillarida rivojlanmoqda. Luiz Bennetning kreol tilida yaratgan sheʼrlari mashhur. Ingliz tilidagi adabiyot 18-asrda vujudga kelgan. T. Redkam (1870—1933) sheʼr va pyesalari, G. J. De Lisser (1878—1944) romanlarida milliy mavzu oʻz aksini topdi. Bu davrda shoir K. MakKey (1890—1948) mashhur boʻlgan. 2-jahon urushi (1939—45) dan keyin adabiyotning yuksalish davri boshlandi. Ijtimoiy mavzuda R. Meysning «Insonaka» (1954), «Qora chaqmoq» (1955) nomidagi dastlabki romanlari, «Yangi kun» (1949) qissasi, V. Ridning «Qoplon» (1958) qissasi yuzaga keldi. Milliy ozodlik kurashi mavzusi J. Xirnning «Deraza yaqinidagi tovush» (1955), «Yashash mumkin boʻlgan mamlakat» romanlaridan oʻrin egalladi. O. Pattersonning «Xarobalar yoʻq» (1967), «Sizif farzandlari» (1968) romanlari zamonaviylikka, «Jon fido qil, uzoq kun» (1972) tarixiy romani 18-asrdagi Yamayka hayotiga bagʻishlangan. K. Tompson, E. Solki, P. O. Robinson, D. Xaynde va boshqalar hikoya janrida samarali ijod qildilar. Yamaykada birinchi sheʼriy antologiya 1929-yil nashrdan chiqqan. Shoirlardan U. E. Roberts, F. Sherlok mashhur boʻlgan. Ularning sheʼrlaridagi vatan mavzuini shoirlar V. Virtyu, D. Kempbell, X. Karberi, M. Morris, D. Skott, A. Maknis va boshqalar davom ettirdilar. T. Ronning pyesalari mashhur.

Maʼmorligi va tasviriy sanʼati. Yamayka sanʼatida Yevropa, ayniqsa ingliz madaniyatining kuchli taʼsiri Afrika xalqlari anʼanalari bilan qoʻshilib ketgan. 17 — 19-asrlarda shaharlarda ingliz meʼmorligi uslubida toʻgʻri burchakli 1 qavatli tosh va gʻisht imoratlar qurildi (SpanishTaundagi SentKetrin sobori, 1655; Kingstondagi Rokfort qalʼasi, 17asr oxiri — 19-asr; Kingstondagi shtab binosi, hoz. hukumat saroyi, 18-asr). Xalq turar joylari 2 qavatli metall bezakli yogʻoch uylar (verandasi bilan) boʻlgan. Boylarning shahar yaqinidagi uylari amerika m«ustamlakachilik uslubi»da barpo etilgan. 20-asrning oʻrtalaridan zamonaviy koʻp qavatli binolar qurila boshladi (VestIndiya un-ti binosi, Kingstondagi Nennivill turar joy massivi).

20-asr oʻrtalaridan professional tasviriy sanʼat rivojlandi. Oddiy kishilar hayoti, mamlakatdagi ijtimoiy ziddiyatlar tasviriy sanʼat ustalari asarlarida oʻz ifodasini topmoqda. Rassomlardan A. Xyu, R. Kempbell, D. Pottinger, L. Morris, haykaltaroshlardan E. Menli, N. Roy mashhur. Yamaykada yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik kabi anʼanaviy xalq hunarmandchiligi rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: YAMAYKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты