YAMAYKA VALYUTA TIZIMI

YAMAYKA VALYUTA TIZIMI, Yamayka bitimi — 1976 yil yanv. da Kingston (Yamayka)da Xalqaro valyuta fondi (XVF) aʼzolari boʻlgan mamlakatlar vakillari kengashida tuzilgan bitimga muvofiq tashkil topgan va 1978-yil apr. dan kuchga kirgan jahon valyuta tizimi. Yamayka bitimi XVF ustaviga oʻzgarishlar kiritdi va ilgari BrettonVuds bitimi (1944) dan farq qiladigan (bu bitimga koʻra XVF aʼzolari boʻlgan mamlakatlar oʻz valyutasi kursini dollarga yoki oltinga nisbatan belgilar edi) infratuzilma tamoyillarini belgiladi. Birinchidan, oltinga va ikki zaxira valyuta — AQSH dollari va Buyuk Britaniya funt sterlingiga asoslangan oltin deviz standarti 1969-yildan amalga kiritilgan SDR (maxsus qarz olish huquqlari) standarti bilan almashtirildi va uning valyutalar paritetlari hamda valyutalar qursi asosini tashkil etishi belgilab qoʻyildi. Uning shartli qiymati 5 valyuta (AQSH dollari, GFR markasi, Shveysariya franki, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi)dan iborat valyuta savati bilan aniqlanadigan boʻldi. Bu valyutalar XVF Ustaviga koʻra, «erkin almashtiriladigan valyutalar» deb nomlandi.

Ikkinchidan, Yamayka valyuta tizimi oltinning valyuta birliklari qiymati meʼyori tarzidagi vazifasini, qogʻoz pullarning oltin taʼminotini bekor qildi. Natijada oltinning qatiy baholari tugatildi va oltin jahon puli mavqeini yoʻqotdi. Yamayka valyuta tizimi doirasida oltinning pul funksiyalarini bajarishga barham berilgani qonunlashtirildi. Uchinchidan, banklarga oltinni xususiy bozorlarda shakllangan narxlarda erkin sotib olish va sotish imkoniyati berildi.

Mamlakatlar oʻrtasidagi valyuta munosabatlari ularning milliy pul birliklarining suzib yuruvchi («sirgʻaluvchi») kurslariga asoslanadigan boʻldi, yaʼni Yamayka valyuta tizimi har bir mamlakatga oʻz valyuta kursi uchun istalgan rejimni tanlash huquqini berdi. Bu bilan suzuvchi valyuta kurslari rejimi qonunlashtirildi va mamlakatlar 1973-yil martidan shu rejimga oʻtdilar. Valyuta kurslari tebranishlari asosiy 2 omil: valyutalarning ichki bozordagi xarid qobiliyatining real qiymati nisbatlari bilan, ikkinchidan, xalqaro bozorlarda milliy valyutalarga boʻlgan talab va taklif nisbati bilan belgilanadigan boʻldi. Bu nisbatlar kapitalning mamlakatlararo stixiyali oqib oʻtishi natijasida oʻzgarib turadi.

Yamayka valyuta tizimining amal qilishi bir qator murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Yuridik jihatdan oltinning pul funksiyasi bekor qilinganiga qaramay, u favqulodda jahon puli va ishonchli zaxira aktivi maqomini saqlab kelmoqda. Jahon boʻyicha markaziy banklar va xususiy tezavratorlar qoʻlida 60 ming t dan koʻproq oltin alohida likvid tovar sifatida saqlanadi (yana q. Yevro, Yevropa valyuta bitimi).


Lotin alifbosida maqola: YAMAYKA VALYUTA TIZIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
BUYUK BRITANIYA
SDR
SHVEYSARIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты