YAMAL YARIM OROLI

YAMAL YARIM OROLI (nenescha ya – yer va mal — oxiri) — RF Gʻarbiy Sibirning shim. dagi yarim orol. Mayd. 122 ming km2. Yer yuzasi tekislik. Uz. 700 km. Eng baland joyi 84 m. Eni 240 km gacha. Koʻp yillik muzloq gruntlar, gidrolakkolitlar, termokarst, botiklar va boshqalar relyef shakllari tarqalgan. Qirgʻoqlarining kattagina qismi dengizdan qum tillari bilan ajralib turgan pasttekislik, unchalik chuqur boʻlmagan qoʻltiqlardan iborat. Koʻl koʻp (Yarroto, Yambuto, Neyto va boshqalar). Tundra oʻsimliklari bilan qoplangan; jan. da oʻrmonli tundra bor. Hayvonlardan lemming, peses, shimol bugʻusi mavjud; qushlardan qur, qutb boyqushi, yoz kunlari koʻplab gʻoz va oʻrdaklar uchib keladi. Bugʻuchilik, ovchilik, baliq ovlash rivojlangan. Gaz konlari topilgan. Ob qoʻltigʻi qirgʻogʻida dengiz kemalari toʻxtaydigan joy — Noviy port bor.


Lotin alifbosida maqola: YAMAL YARIM OROLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
OSIYO
OKEAN
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты