XARTUMLILAR (Proboscida) sut emizuvchilar sinfi turkumi. Ustunsimon oyoklari 5 barmoqli. Ustki labi va burni juda choʻzilib xartumni hosil qiladi (nomi shundan). X. — oʻtxoʻr. Hozirgi Xartumlilarning fillar oilasiga mansub 2 turi maʼlum. Xartumlilarning tepa jagʻidagi 2 ta kurak tishi tashqariga oʻsib chiqqan boʻlib, fil suyagi deyiladi. Fil suyagi jahon bozorida juda qadrlanadi. Hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Terisi qalin, siyrak tukli, serajin burmalar hosil qiladi. Faqat hoz. qirilib ketgan mamontlar terisi qalin jun bilan qoplangan boʻlgan. Xartumlilardan xoʻjalik ishlarida foydalaniladi. Soni kamaygani uchun ayrim joylarda muhofazaga olingan.