YAMAN TOGʻLARI

YAMAN TOGʻLARI, Jabal Arabiston — ya. o. ning jan. gʻarbiy qismidagi togʻlar, Yaman Respublikasi va Saudiya Arabistoni hududida. Shim. gʻarbdan jan. sharqqa 500 km masofaga choʻzilgan. Eng baland joyi 3600 m. Kristall va vulkanli jinslardan tuzilgan palaxsali yassi choʻqqili massivlardan iborat. Soʻngan vulkanlar bor. Ya. t. chuqur vodiylar bilan kesilgan. Yon bagʻirlari Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻiga tik tushadi, shim. sharqda Rub ulXoli choʻli tomon pasayib boradi. Quruq dasht, choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Vaqtincha oqar suvlar va daryo vodiylarida butazorlar bor.


Lotin alifbosida maqola: YAMAN TOGʻLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SAUDIYA ARABISTONI
YAMAN
OSIYO
YER
ARABISTON YARIM OROLI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты