XARTFORD

XARTFORD — AQSHning shim. sharkiy qismidagi shahar, Konnektikut daryosi boʻyida. Konnektikut shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 121,5 ming kishi (2001). Transport yoʻllari chorrahasi. Yangi Angliyaning yirik sanoat, savdomoliya va madaniy markazi. Yirik sugʻurta kompaniyalarining boshqarmalari joylashgan. Aviatsiya, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika, metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Metallurgiya, poligrafiya, oziq-ovqat, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Sanoat jihozlari, qurolyarogʻ, musiqa asboblari ishlab chiqariladi. universitetlar, M. Tven muzeyi bor. Shaharga 1633-y. da asos solingan.


Lotin alifbosida maqola: XARTFORD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI
SUGʻURTA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты