YAMATO

YAMATO — Yaponiyada mil. 3-asrning 2-yarmida vujudga kelgan qabila ittifoqi; markazi hoz. Nara shahri atrofida boʻlgan. 4-asr oʻrtalariga kelib mamlakatning katta qismini oʻziga tobe etib birlashtirgan, shu bilan birga kumaso va ebisu qabilalari qisman boʻysundirilgan. Yamato qabila ittifoqi negizida asta-sekin ilk oʻrta asr Yapon davlati shakllangan. Yaponiyada ilk temir davriga oid arxeologik madaniyatni (mil. 3-asr oxiri — 6-asrlar) ham «Yamato» atamasi bilan atash qabul qilingan.


Lotin alifbosida maqola: YAMATO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
YUNONISTON
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты