XARKOV

XARKOV — Ukrainaning Xarkov viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Yirik transport yoʻllari chorrahasi. Aholisi 1470,9 ming kishi (2001).

Shahar 1655—56 y. larda qalʼa sifatida bunyod etildi. 1919—34 y. larda USSRning poytaxti boʻlib turdi. X. mashinasozlik boʻyicha Ukrainada yetakchi oʻrinda (respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/5 qismini beradi). Xarkovda energetika mashinasozligi, shu jumladan, elektrotexnika sanoati («Turboatom», «Elektrotyajmash», «Ukrelektromash» va boshqa i. ch. birlashmalari; elektromexanika, «Yujkabel» va b. zavodlar), traktor mashinasozligi («Xarkovskiy traktornыy zavod» va b.), q. x. va transport mashinasozligi (motor yigʻish, «Serp va molot» i. ch. birlashmalari; aviatsiya sanoati va b.), stanok va priborsozlik; radioelektronika sanoati va b. ; kimyo va kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, koʻnteri, moʻynachilik va b.) sanoatlari rivojlangan. Metropoliten (1975-y. dan), 21 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 3 universitet), 6 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), tarixiy, badiiy, tabiat muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Pokrovskiy (17-a.), Uspeniye (18-a.) soborlari; Yekaterina saroyi (18-a.), proviant omborlari (18-a.) saklangan.


Lotin alifbosida maqola: XARKOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
ROSSIYA
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты