YANA

YANA — Saxa Respublikasidagi daryo. Yuqori Yana tizmasining shim. yon bagʻirlaridan oqib tushuvchi Dulgalax va Sartang daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Shim. ga tomon oqa borib Laptevlar dengiziga quyiladi. Uz. 1490 km, havzasining mayd. 238 ming km2. Kazachye qishlogʻidan oʻtgach, Yana 5300 km2 ga yaqin maydonga ega boʻlgan delta hosil qiladi. Asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1000 m3/sek. Okt. oʻrtalaridan may oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Yananing 890 km qismida kema qatnaydi. Kema qatnovi atigi uch oy davom etadi. Yananing Adicha (715 km) va Bitantay (586 km) kabi yirik va bir qancha mayda irmoqlari bor. Asosiy pristanlari: Verxoyansk, Batagay, UstKuyga; quyilish qismida — Nijneyansk porti.


Lotin alifbosida maqola: YANA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SIRDARYO
AMUDARYO
ROSSIYA
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты