XASKASH

XASKASH — xashak, xaschoʻp va b. ni yigʻish, toʻplash yoki urugʻi sochib ekiladigan oʻsimliklar (arpa, bugʻdoy, ukrop, kashnich va b.)ni ekishga moʻljallab haydalgan yoki chopilgan yer tuprogʻini maydalab tekislash uchun ishlatiladigan q. x. va uyroʻzgʻor quroli. Uyroʻzgʻorda ishlatiladigan Xaskashning uzun dastasi yogʻochdan, koʻp tishli tanasi toblangan pishiq metalldan yasaladi. Q. x. da ishlatiladigan Xaskashning traktorga tirkab yoki osib ishlatiladigan xillari boʻladi. Bunday X. oʻrilgan oʻsimlik (beda, oʻt va b.) poyalarini uyum qilib toʻplash, quritish uchun agʻdarib turish, bogʻbogʻ qilib bogʻlashga tayyorlashda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: XASKASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BEDA
DON YIGʻISH KOMBAYNI
BUGʻDOY
ALMASHLAB EKISH
OʻT OʻCHIRISH TEXNIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты