XASMOL

XASMOL, milkak, panaritsiy — qoʻl barmogʻi toʻqimalarining oʻtkir yiringli yalligʻlanishi. Koʻpincha barmoqning oxirgi (tirnoq) falangasidagi mayda jarohatga (yoriq, tirnalgan, tikan, zirapcha kirgan, pichoq kesgan, sanchilgan) yiringlatuvchi mikroblar kirishidan paydo boʻladi. Yalligʻlanish yuzada (terida, tirnoq yaqinida) va chuqur (teri ostida) payda, boʻgʻimda, suyaqsa boʻlishi mumkin.

Yuza X. da yiring epidermis ostida yigʻiladi; atrofidagi teri qizaradi, ogʻriydi (asosan, achishish seziladi). Pufak astasekin kattalashadi, bunda yiringli yalligʻlanish kamdankam hollarda chuqurroq joylashgan toʻqimalarga oʻtadi. Tirnoq yaqinidagi Xasmolda yiringli pufak tirnoq gardishi terisida hosil boʻladi. Agar yiring tirnoq ildizi ostiga oʻtsa, tirnoq osti Xasmoli deyiladi va bu, odatda, tirnoq koʻchib tushgandan soʻng yoʻqoladi.

Chuqur X., odatda, barmoqning kaft yuzasida, avvaliga teri ostida paydo boʻladi. Bu yuzadagi teri qalin boʻlganidan uning ostida hosil boʻladigan yiring uzoq vaktgacha tashkariga yorib chiqa olmaydi, natijada payga, boʻgʻimlarga va suyakka oʻtadi, baʼzan ularni bir vaqtning oʻzida shikastlantiradi. Bunda kuchli ogʻriq paydo boʻladi, kasallangan barmoq bezillab turadi. Barmoqni qimirlatganda, uni bukib yozganda ogʻriqning kuchayishi Xasmolning pay yoki boʻgʻimga oʻtganligini bildiradi.

Xasmolning har qanday shakli va ayniqsa, chuqur X. noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xasmolning oldini olishda barmoklarni shikastlanishdan asrash, qoʻlni toza tutish, tirnoq olshpda ehtiyot boʻlish zarur. Barmoq terisi salgina shikastlanganida uni toza suv bilan yuvib, yod, spirt surtish va oʻsha joyni steril bint bilan bogʻlash lozim. Xasmolni oʻz bilgicha davolash yaramaydi.

Davosi: konservativ muolajalar (UVCH, ultratovush, kvars) oʻtkaziladi, agar ular naf bermasa jarrohlik usuli qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: XASMOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TERI
JAROHAT
Nilufar Usmonova - Zirapcha
OKEAN
EPIDERMIS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты