XATANGA

XATANGA, Lyama — RF Krasnoyarsk oʻlkasidagi dare. Xeta va Kotuy daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Laptevlar dengizidagi Xatanga qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 227 km, havzasining mayd. 364 ming km2. Putorana togʻlari orasidan, kanʼon hosil qilib toshloq tor oʻzanda, etak qismida Shim. Sibir pasttekisligida keng vodiy boʻylab qumloq oʻzanda oqadi. X., asosan, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 3320 m3/sek. Sent. oxiri — okt. boshlarida muzlab, iyunda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: Popigay, Xeta. Baliq turi (muksun, nelma va b.) koʻp. Kema qatnaydi. X. boʻyida Xatanga pristani joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: XATANGA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
SIRDARYO
OSIYO
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты