YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI

YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI — Oʻzbekiston energetika tizimidagi yirik issiqlik elektr st-yasi; unitar korxona. Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi Nurobod shaharchasida joylashgan. st-yaning oʻrnatilgan quvvati 2100 MVt, har biri 300 MVt quvvatli 7 energoblokka ega. st-ya qurilishi va tayyorgarlik ishlari 1976-yilda boshlangan. 1985 yil 3 apr. da st-yaning 1energobloki foydalanishga topshirilgan. 1995-yil 23 avg. da 7energoblok ishga tushirilgan. Energobloklarning asosiy yoqilgʻisi 1blokdan 5blokkacha — koʻmir va gaz, rezerv yoqilgʻi — mazut; 6 va 7bloklarda — gaz, zaxira yoqilgʻi — mazut. Fargʻona vodiysi, Toshkent shahri va OlmaliqOhangaron sanoat r-ni korxonalarini elektr quvvati bilan taʼminlaydi. Quvatlar 220 va 500 kV elektr uzatish liniyalari orqali tarqatiladi. 2003-yilda 5588,5 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, isteʼmolchilarga 132 ming Gkal issiqlik energiyasi berildi.


Lotin alifbosida maqola: YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
ENERGETIKA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты