YANGI VENA MAKTABI

YANGI VENA MAKTABI, Ikkinchi Vena maktabi — A. Shyonberg va uning shogirdlari A. Berg, A. Vebern, E. Velles, X. Eysler va boshqalarning hamkorligi natijasida Venada qaror topgan ijodiy yoʻnalish, musiqiy modernizm koʻrinishlaridan biri. 20-asrning 1-yarmida Gʻarbiy Yevropada yuz bergan ijtimoiy va madaniy inqiroz (1 va 2-jahon urushlari, fashizm, maʼnaviymadaniy qiymatlarning qadrsizlanishi va boshqalar) Yangi Vena Maktabi kompozitorlari ijodida oʻz aksini topib, asarlarida «kichik odam»ning fojiasi, insonga achinish hissi, fashizmga qarshi norozilik kabi badiiy mavzu va obrazlar, musiqiy ekspressionizm tamoyillari orqali namoyon boʻldi. Badiiy yangilanish, oʻz navbatida, Yangi Vena Maktabi vakillari ijodidagi musiqiy uslub, ifoda vositalarining tubdan oʻzgarishiga, atonallik, dodekafonsh kabi musiqa tizimlarining qaror topishiga olib keldi. 20-asrning qator (I. Stravinskiy, D. Shostakovich, Q. Qorayev va boshqalar) yirik kompozitorlari mazkur maktab anʼanalaridan foydalangan.


Lotin alifbosida maqola: YANGI VENA MAKTABI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA
MUSIQA
ROSSIYA


Добавить комментарий