XATLON VILOYATI

XATLON VILOYATI — Tojikiston Respublikasi jan. gʻarbidagi viloyat. 1992-y. da Koʻlob va Qoʻrgʻontepa viloyatlarining qoʻshilishi natijasida vujudga kelgan. Xatlon viloyati sharqsan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, shim. dan Respublikaga boʻysunuvchi tumanlar, gʻarbdan Oʻzbekiston Respublikasi, jan. dan Afganistan bilan chegaradod!. Mayd. 24,6 ming km2. Aholisi 2151 ming kishi (2002), asosan, tojiklar, shuningdek, oʻzbek, turkman, arab, rus, loʻli, tatar, qirgʻiz, koreys, nemis, afgʻon va b. jami 40 ga yaqin millat vakillari ham yashaydi. Markazi — Qoʻrgʻontepa sh. Tarkibida 24 tuman, 5 shahar, 18 shaharcha va 128 qishloq fuqarolari yigʻini bor.

Xatlon viloyati Qoʻrgʻontepa va Koʻlob qismlariga boʻlinadi. Qoʻrgʻontepa qismining iqlimi subtropik. Yanv. oyidagi oʻrtacha tra vodiylarda G—3°, togʻlarda —2° gacha, iyul oyida vodiylarda 30°, ZG, togʻlarda 24°, 26°. Yillik yogʻin 150 — 200 mm dan 500 mm gacha. Qoʻrgʻontepa tomonida Vaxsh va Kofarnihon vodiylari joylashgan. Ushbu hududda Bobotogʻ, Oqtogʻ, Rangontogʻ, Qoratogʻ va Teraklitogʻlar mavjud. Vaxsh daryosining quyi qismida «Polvontoʻqay» toʻqayzori joylashgan.

Koʻlob tarafida Sarsarak, Ilontogʻ, Tik togʻlari, Hazrati Shoh togʻlari, shuningdek, Xoʻja Sarez va Xoʻja Moʻmin yonida tuz gumbazlari mavjud. Qizilsuv (Surxob) va Yaxsuv daryolaridan sugʻorishda foydalaniladi. Eng yirik daryosi — Panj.

Koʻlob qismining jan. da subtropik iklim. Vodiylarda yanv. da oʻrtacha tra —2° gacha, iyulda 22°—30°. Yillik yogʻin 200—400 mm. Togʻ yon bagʻirlarida yillik oʻrtacha tra yanv. da —2°, —4°, iyulda 20°—24°, yillik yogʻin 600—800 mm, jan. gʻarbidagi pasttekisliklarda 200—400 mm. Shim. qismidagi vodiylarda havo nisbatan salqinroq. Yillik yogʻin 1000 mm. Dangʻara, Moʻminobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi togʻ yon bagʻirlarida pista, yongʻoq, anor, olcha, oʻrik, nok, tut, bodom, doʻlana, jiyda, archa va b. oʻsadi. Jan. sharqida tokzor va lalmi sharoitlarga moslashgan boshqa mevali daraxtlar mavjud. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jayra, ilon, yovvoyi mushuk, togʻ echkisi, kiyik; qushlardan kaklik, bedana, burgut, oʻrdak, laylak va b. uchraydi. Foydali qazilmalardan oltin, koʻmir, gaz, neft, torf va b. bor.

Sanoati paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati (yogʻmoy, konserva, goʻsht, pivo pishirish, tuz), kimyo (azotli oʻgʻitlar), elektrotexnika (transformator), qurilish materiallari (temirbeton, gʻisht, ohak) i. ch. korxonalaridan iborat. Vaxsh daryosida Sarband, Markaziy, Sharshara elektr styalari, Boygʻozi gidrouzeli ishlab turibdi. Respublikadagi eng yirik Norak GES ham shu viloyat hududida joylashgan. Qoʻrgʻontepa va Koʻlobda aeroportlar bor. Respublikada yetishtiriladigan paxtaning asosiy qismi, jumladan, ingichka tolali paxtaning barchasi ushbu xududda yetishtiriladi. Shuningdek, bogʻdorchilik, tokchilik, limonchilik, pillachilik, chorvachilik (jumladan, qorakoʻlchilik) rivojlangan. Gʻallachilik, sholichilik keyingi yillarda tez rivojlandi. Asalarichilik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Vaxsh tuproqshunoslikmelioratsiya styasi faoliyat koʻrsatadi.

1960—70-y. larda Yovon, Obikiik, Gʻaravuti, Toshrabod, Qarodum, Beshkent vodiysi va Dangʻaradagi qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirilib paxtazorga aylantirilgan.

Viloyatda 1187 umumiy taʼlim maktabi, 9 oʻrta maxsus bilim yurti va 2 ta universitet joylashgan. 3 teatr, 6 muzey, 502 jamoat kutubxonasi bor.

Xatlon viloyati aholisi qad. dan hunarmandchilikning zargarlik, kulolchilik, egarchilik, kashtachilik va b. turlari bilan shugʻullanadi. Viloyatda Hazrati Amir Sayd Hamadoniy (Koʻlob sh. da), Hazrati Uzun Ostona (Jilikoʻl tumanida), Chiluchor chashma (Beshkentda) va b. ziyoratgohlar mavjud.

Nasriddin Mamanazarov.


Lotin alifbosida maqola: XATLON VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
TOJIKISTON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
QIRGʻIZISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты