XATNA

XATNA (arab.) — asosan, oʻgʻil bola olatining chekka kertmagini kesish marosimi. Dastlab ibtidoiy jamoa tuzumida paydo boʻlgan, oʻspirin bolaning kattalar safidan oʻrin olishi, balogʻatga yetishi munosabati bilan bajarilgan. Bunda har xil jismoniy sinovlar (och qoldirish, terini tilish, quloq suprasini yirtish, tishni sindirish, tishni egovlash va sh. k.)ga duchor etilgan. Shunday odatlar Avstraliya, Okeaniya, Afrikada yashovchi ayrim xalqlarda saqlanib qolgan. Baʼzi joylarda qizlarni ham X. qilish (klitorni yoki kichik jinsiy lablarni olib tashlash) kabi odatlar mavjud. Bir qancha hollarda, jumladan, yahudiy, musulmonlarda diniy marosim shaklini olgan. Musulmonlarda bolalar 3—5—7 yoshda, ayrim hollarda 11—12 yoshgacha X. qilinadi. X. marosimlari oʻzbeklar va bir qancha xalqlarda toʻy shaklida oʻtkaziladi. Ilmiy tibbiyotda olat kasallanganda va tugʻma nuqsonlari boʻlganda (parafimoz, fimoz va b.) ham shunday operatsiya oʻtkaziladi.


Lotin alifbosida maqola: XATNA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
JINSIY HAYOT
OʻZBEKLAR
IBTIDOIY JAMIYAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты