XATOLAR NAZARIYASI

XATOLAR NAZARIYASI — matematik statistika boʻlimi. Taqribiy xisoblarda topiladigan taqribiy qiymatlar uchun qoidalar ishlab chiqadi. Shuningdek, yoʻl qoʻyiladigan xatoliklarni oʻrganadi. Biror qiymatni topish uchun bir necha marta oʻlchash ishlari olib borilganda natijalar turlicha chiqadi, yaʼni qandaydir xatolikka yoʻl qoʻyiladi. Xatoliklar 3 xil boʻladi: doimiy, qoʻpol, tasodifiy. Doimiy xatoliklarning uchrashi oʻlchov asboblari bilan bogʻliq. Qoʻpol xatolik koʻrsatkichlar natijasini notoʻgʻri oʻqish tufayli roʻy beradi va bunday xatolik darhol koʻrinadi. Tasodifiy xatoliklar oʻlchash paytidagi turli tasodifiy sabablar tufayli paydo boʻladi. Xatolar nazariyasi, asosan, qoʻpol va tasodifiy xatoliklarni oʻrganadi.


Lotin alifbosida maqola: XATOLAR NAZARIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
STATISTIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты