XATTI BOBURIY

«XATTI BOBURIY» («Bobur xati») — Zahiriddin Muhammad Boburttt risolasi va shu risolada ilgari surilgan xat turi. «Xatti Boburiy» arab alifbosi asosida tuzilgan boʻlsada, bu alifbodan baʼzi jihatlari bilan ajralib turadi. Ammo bu ham arab alifbosi singari 29 harfdan iborat. Risolada Bobur arab alifbosini tahrir qilib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish yoʻlidan boradi va shu maqsadda uni turkiy tilning talaffuz meʼyorlariga moslashtirishga harakat qiladi. U Hindistonda ekanligida bu xat bilan kitobat qilingan oʻzining bir qancha sheʼrlarini Movarounnaxr va Afgʻonistonga Humoyun Mirzo, Xoja Kalon va Hindol Mirzoga joʻnatgan edi. Xatti Boburiy bilan muqaddas Qurʼoni karim ham koʻchirilgan va u «Musʼhafi Boburiy» deb atalgan. Bu noyob qoʻlyozma Mashhad sh. (Eron)dagi Imom Rizo yodgorlik majmuasi kutubxonasida, kseronusxasi Andijon sh. dagi «Bobur va jahon madaniyati» kitob muzeyida sakdanadi.


Lotin alifbosida maqola: XATTI BOBURIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOBUR
ERON
ANDIJON VILOYATI
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты